Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 6-son (2024) · 188–189-betlar
DORIVOR LIMONO’TI O’SIMLIGI QURUQ EKSTRAKTINING NAM TORTISH XOSSASINI O’RGANISH
To’ychiyeva, H.M., Raximova, O.R.
DOI: 10.70413/ejmns-v04-i06-ps-093 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Dorivor limono‘t (Melissa officinalis L.) uzoq yillar davomida dunyoning koʻplab mamlakatlarining xalq va ilmiy tabobatida muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelmoqda. Limono‘t o‘simligining o'ziga xosligi shundaki, bu o'simlik sedativ, immunomodulyator, viruslarga qarshi, antigistamin, antioksidant, yallig'lanishga qarshi, mikroblarga qarshi va boshqa xossalarni o‘zida jamlagan yengil kunduzgi fitotrankvilizator xususiyatlarga ega. Shu munosabat bilan, bizni oldimizga qo’yilgan vazifalardan biri limono‘t o'simligi quruq extraktidan tinchlantiruvchi xossaga ega bo’lgan tabletka dori shaklini ishlab chiqishdir. Dorivor limono‘t quruq ekastraktining nam tortish xossasini o’rganish, tabletka tarkibiga qo’shiladigan yordamchi moddalarni tanlashda umumiy xulosaga kelish imkonini beradi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.