Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 164–169-betlar
XALQARO HUQUQDA DAVLATLARNING ICHKI ISHLARIGA ARALASHMASLIK PRINSIPINING DOLZARBLIGI
Obidova, Nodiraxon
DOI: 10.5281/zenodo.19852285 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi har tomonlama tahlil qilinadi. Unda mazkur prinsipning nazariy asoslari, xalqaro-huquqiy manbalardagi mustahkamlanishi hamda davlat suvereniteti va hududiy yaxlitlikni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi normalari asosida prinsipning huquqiy mohiyati ochib berilgan. Muallif tomonidan xalqaro sud amaliyoti, xususan “Nikaragua AQShga qarshi” hamda “Kongo Demokratik Respublikasi Uganda qarshi” ishlari misolida mazkur prinsipning qo‘llanilishi va talqini tahlil qilingan. Tadqiqot davomida zamonaviy globallashuv sharoitida ichki ishlarga bevosita va bilvosita aralashuv shakllari, ularning xalqaro huquqiy bahosi ham ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida davlatlar tomonidan mazkur prinsipga rioya etishni kuchaytirish, xalqaro nazorat mexanizmlarini rivojlantirish hamda nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.
davlat suvereniteti, ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi, xalqaro huquq, xalqaro sud amaliyoti, xalqaro nizolar, hududiy yaxlitlik, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, kuch ishlatmaslik prinsipi, globallashuv, xalqaro xavfsizlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.