Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 6-son (2024) · 253–254-betlar
SOXTA KASHTAN PO‘STLOG‘IDAN ESKULIN VA FRAKSIN KUMARINLARINI AJRATIB OLISH
Boymurodova, N.Y., Ilyosov, D.F., Sharipov, A.T.
DOI: 10.70413/ejmns-v04-i06-ps-125 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Soxta kashtan urug‘lari tarkibida ko‘p biofaol moddalar mavjudligi sababli farmatsevtika sanoati uchun zarur xomashyolardan biridir. Jumladan, uning tarkibida triterpen glikozidlar (essin va uning hosilalari), kumarinlar, flavonoidlar, lipidlar va boshqa birikmalar uchraydi [1]. Soxta kashtanning asosiy biofal moddasi bo‘lgan essin va uning hosilalari asosida tibbiyotda venatonik, yallig‘lanish va shishga qarshi yigirmaga yaqin dori vositalar olingan [2]. Kumarinlar kuchli antikogulyant xususiyatga ega bo’lib, qonning ivishini sekinlashtiradi [3]. Ushbu omillar sifatni ta’minlashda bosqichli sifat nazoratini takomillashtirishni taqozo etadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.