Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 1-jild vative-son (2022) · 341–344-betlar
O`ZBEK XALQ CHOLG`U ASBOBLARINING INNOVATSIONRIVOJLANISH TARIXI
Maxanov, Sherzodjon
DOI: 10.5281/zenodo.7192676 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
O`zbek xalqining bebaho boyligi hisoblanmish milliy musiqiy cholg`ularimiz o`zining betakrorligi, naqsh bezagining jozibadorligi, ovoztarovatining rang-barangligi va ijro imkoniyatlarining beqiyosligi bilan milliy musiqiy madaniyatimizda alohida o`rin tutadi. Musiqiy cholg`ular azal-azaldan o`zbek xalqining ma‘naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etib, kundalik turmush tarzi bilan chambarchas bog`lanib ketgan. Ular hozirgi kunda ham kishilar dunyoqarashining shakllanishida o`ziga xos xususiyatlarga ega. Ayniqsa, cholg`u ijrochiligi san‘ati ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida noyob estetik vosita sifatida shakllanib, nafaqat musiqa ilmida, balki zamonaviy musiqa ijodiyotidaham katta qiziqish uyg`otib kelmoqda. Uning barcha o`ziga xos xususiyatlari va qirralarini o`rganish esa cholg`u ijrochiligi amaliyotini boyitishga yordam beradi. Biz ushbu maqolamizda O`zbek xalq cholg`u asboblarining innovatsion rivojlanish tarixiga nazar solamiz.
O‘zbek xalq cholg‘u asboblari, innovatsion ishlanma, modifikatsiya, qashqar rubob, rubob prima, afg‘on rubob, ud, qonun, chang, nay, turli yoshdagi ijrochilar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.