Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 6-son (2024) · 261–262-betlar

ASPIDOFRAKTIN TIPIDAGI KOPSININ MOLEKULASIDAGI –NH- GURUHI VA -N4-AZOT ATOMI HISOBIGA HOSILALARINI SINTEZ QILISH

Mamasidiqov, I.I., Hamidov, U.Q.

DOI: 10.5281/zenodo.12696714 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Hozirgi kungacha jahonda Apocynaceae (kendirdoshlar) oilasiga mansub Vinca turkum o'simliklardan indol alkaloidlari ajratib olinib, muhim preparatlar sifatida qo'llanilmoqda. Vinca erecta o'simligi Respublikamizda asosan Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyati va Farg'ona vodiysida o'sadi. Ushbu o'simlikning quruq massasiga nisbatan yer ustki qismida 2% dan ortiq alkaloidlar saqlaydi. O'simlikning yer ustki qismida asosan kopsinin (taxminan 0.35 %) va psevdokopsinin (taxminan 0.3%) alkaloidlari saqlaydi. Tadqiqotimizda o'simlikdan ekstraktsiya jarayonida aspidofraktin tipidagi kopsinin, vindolinin tipidagi psevdokopsinin, akuammilin tipidagi akuammin alkaloidlarini ajratib olindi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.