Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 2-jild vative-son (2023) · 22–36-betlar
SHIFOKOR SIRI VA FUQAROLAR SOG'LIG'IGA YETKAZILGAN ZARARNI QOPLASH
Turapov, Samandar
DOI: 10.5281/zenodo.7770856 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O'zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligida shaxsiy nomulkiy huquq bo'lgan insonning yashash va sog'lom bo'lish huquqlariga daxl etilganda uning o'rnini qoplash borasidagi huquqiy me'yorlar yoritib berilgan. Bu sohadagi qonunchilik hujjatlari va ularning rivojlanish tendensiyalari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlariga asoslanib xulosalar berilgan. Fuqaroning hayoti va sog'lig'igayetkazilgan zarar o 'rnini qoplash borasidagi qonunchilik va uni qo'llash amaliyoti hamda Fuqarolik kodeksining ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi normalarini zamon talablariga mos tarzda takomillashtirishning dolzarb masalalariga to'xtalib o'tilgan. Maqolada fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zarar o'rnini qoplash yuzasidan muhim nazariy xulosalar va takliflar ilgari surilgan. Mazkur xulosa va takliflar hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar o 'rnini qoplashning nazariy - ilmiy asoslarini boyitish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, hayot va sog 'liqqa yetkazilgan zarar o 'rnini qoplashning xalqaro talablar asosida takomillashtirish yuzasidan
hayot, sog'liq, zarar, zararni qoplash, jabrlanuvchi, aybdor, huquq, qonunchilik, boy berilgan foyda, mehnat qilish qobiliyati, qonuniy vakil, mehnatga layoqatsiz, ma 'naviy zarar, qasd, da 'vo muddati, vorislik, norma, xodim, sug 'urta, sug 'urta xodisasi, tamoyil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.