Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 6-son (2024) · 416–417-betlar
LOTIN TILINING KELIB CHIQISH TARIXI VA TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
Aziimboyeva, Zilolaxon
DOI: 10.5281/zenodo.12748161 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Lotin tili — hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin qabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qadimgi Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi miloddan avvalgi 4—3-asrlarga toʻgʻri keladi. Apennin yarim orolning lotinlashuvi (yunon tili hukmron boʻlgan Janubiy Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) miloddan avvalgi 1-asrda yakunlanadi. Rim imperiyasining gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida Lotin tili Shimoliy Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunayboʻyi hududlariga tarqaladi. Lotin tilidagi eng qadimgi yodgorliklar miloddan avvalgi 3-asrga mansub.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.