Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 2-jild vative-son (2023) · 99–103-betlar

TORCH INFEKTSIYASINING HOMILADOR AYOL VA EMBRIONGA TA’SIRI

Yodgorova, Nodira, Payg’amova, Farangiz, Keldiyorova, Durdona

DOI: 10.70413/zdit-v02-i27-p1-025 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

TORCH bu – homila uchun juda xavfli bo’lgan , eng keng tarqalgan infektsiyalarning birinchi harflaridan tuzilgan qisqartma atama hisoblanadi. TORCH infeksiyasi — har qanday yosh va jinsdagi odamlarga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan, ammo faqat homiladorlik uchun tayyorgarlik ko’rayotgan va homilador ayollarga, homila va yangi tug’ilgan chaqaloqlarda uchraydigan infektsiyalar jamlanmasi. U asosan, homiladorlikda uchrab yangi tug'ilgan chaqaloqlarga ta'sir qiluvchi yuqumli kasallikdir. Erkak va ayollarda bir xil patologik alomatlarni yuzaga chiqaradi. Ushbu infektsiyani jinsiy yo‘l orqali, havo tomchi yo‘li orqali, ona suti orqali bolaga, tug‘ilish yo‘llaridagi infektsiya orqali hamda mushuklarning yungi va najasi orqali yuqtirib olishi mumkin.Infektsiya homilaga yo'ldosh orqali yuqib, embrion organlarining to‘g‘ri rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Infektsiya bilan og'rigan odam yo‘talganida yoki aksirganida tupruk va shilimshiq orqali  boshqa odamlarga yuqtirishi mumkin. TORCH guruhiga kiritilgan barcha kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika o’tkazish xastalikning oldini olishda samarali tadbir hisoblanadi.

Toksoplazmoz, sitomegalovirus, parvovirus B19, qizamiq, HSV-1, HSV-2, virusli madaniyat, vaginal yo’l.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.