Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 3-jild vative-son (2024) · 40–45-betlar
BEDA EKININI YETISHTIRISHDA OQOVA SUVLARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Islomov, I., Hakimova, Z.Z.
DOI: 10.5281/zenodo.10470441 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Suv taqchilligida tashlama suvlaridan foydalib, ekin yetishtirishni davrni o’zi taqozzo etib kelmoqda. Ilmiy izlanishlar doirasida Buxoro viloyati Buxoro shahridan chiqadigan chiqindi (oqova) suvlaridan foydalanib beda ekinini sugʼorish tartiblarini ishlab chiqishda 3 yillik ilmiy – amaliy tadqiqot ishlari olib borilib, natijalari yoritilgan. Eng maqbul variant tuproq oldi namligi chegaralangan dala nam sigʼimi (ChDNS) ga nisbatan 80% bo’lgan variant. Yangi ochilgan oʼtloqi-allyuvial Buxoro viloyati tuproqlarida sugʼorish me’yori 2020 yilda sug’orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70 % bo’lganda - 4536 m3/ga, ChDNS ga nisbatan 80 % bo’lganda esa - 4173 m3/ga tashkil qildi. Sug’orish tartibiga asosan bedaning hosildorligi ho’l holatida tuproq oldi namligi ChDNS ga nisbatan 70 % bo’lganda 1- variantda 195 s/ga, 2- variantda 173 s/gani, tuproq oldi namligi ChDNS ga nisbatan 80 % bo’lganda 1- variantda 384 s/ga, 2- variantda 342 s/gani tashkil etdi.
oqova suvlar, sug’orish muddati, solishtirma massasi, sugʼorish rejimi (meʼyori), mavsumiy sugʼorish, hosildorlik, beda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.