Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 3-jild vative-son (2024) · 21–23-betlar
O‘ZINI O‘ZI O‘LDIRISHGA UNDAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MASALASI JINOYATINING BOSHQA HAYOTGA QARSHI JINOYATLARIDAN FARQLI VA O‘XSHASHLIK JIHATLARI
Umurzoqov, Mexroj, Yusupdjanov, Odil
DOI: 10.5281/zenodo.13902408 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun javobgarlik masalasi jinoyati va uning boshqa hayotga qarshi jinoyatlar bilan o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilinadi. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik jinoyati qasddan odam o‘ldirish, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish, onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi, ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish kabi jinoyatlar bilan bir qator obyektiv va subyektiv jihatlardan o‘xshashlik va farqlarga ega. Obyektiv jihatdan jinoyatning obyektlari umumiy bo‘lib, o‘zga shaxsning hayotiy daxlsizligiga qarshi qaratilgan. Subyektiv jihatdan, qasddan odam o‘ldirish jinoyatlari egri va to‘g‘ri qasddan sodir etilishi mumkin bo‘lsa, o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik jinoyati faqat egri qasd bilan sodir etiladi. Mazkur maqolada bu jinoyat turlarining subyektiv va obyektiv jihatlari, ularning o‘xshashlik va farqli tomonlari hamda jinoyatlar subyekti haqida batafsil ma’lumot berilgan.
o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik, qasddan odam o‘ldirish, kuchli ruhiy hayajonlanish, ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish, jinoyat obyektlari, jinoyat subyekti, egri qasd, to‘g‘ri qasd, jinoyatga javobgarlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.