Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 3-jild vative-son (2024) · 84–87-betlar
XUFYONA IQTISODIYOT KO‘LAMINI KAMAYTIRISHDA SOLIQ SIYOSATI
Bozorov, Islom
DOI: 10.70413/zdit-v03-i13-p1-023 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada xufyona iqtisodiyotning ta'rifi, uning sabablari va soliq siyosatining bu jarayondagi o‘rni tahlil qilinadi. Xufyona iqtisodiyot, rasmiy soliq tizimlaridan va mehnat bozoridan chetda qolgan iqtisodiy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Yuqori soliq stavkalari, soliq tizimiga ishonchsizlik va soliq idoralarining zaifligi kabi omillar xufyona iqtisodiyotning kengayishiga olib keladi. Soliq siyosatining optimallashtirilishi, soliq stavkalarining pasaytirilishi, tizimni soddalashtirish va soliq idoralarining samaradorligini oshirish orqali xufyona iqtisodiyotning kamaytirilishi mumkin. Maqola xufyona iqtisodiyotning kamaytirilishi uchun soliq siyosatining qanday ahamiyatga ega ekanligini tahlil qilib, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan takliflar beradi.
xufyona iqtisodiyot, soliq siyosati, soliq stavkalari, soliqdan qochish, korrupsiya, soliq idoralari, iqtisodiy barqarorlik, yashirin iqtisodiyot, soliq tizimi, iqtisodiy raqobat, soddalashtirish, shaffoflik, soliq yig‘ish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.