Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 3-jild vative-son (2024) · 40–42-betlar
CHODAK OLTIN KONI PIRMIROB UCHASTKASIDA TAYYORLOVCHI LAHIMLARNI O‘TISHNING XUSUSIYATLARI
Israilov, M.A., Muhamatjonov, M.M.
DOI: 10.70413/zdit-v03-i14-p1-010 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola Chodak oltin konining geologik sharoitlari va Pirmirob uchastkasidagi tayyorlovchi lahimlarni o‘tishning xususiyatlariga bag‘ishlangan. Pirmirob uchastkasidagi ruda tanalari, kvars, andezit va karbonat minerallari bilan boyitilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida qazish jarayonining murakkabligini ta’minlaydi. Tayyorlovchi lahimlarni o‘tish jarayonida yuzaga keladigan geologik va texnik qiyinchiliklar, shu jumladan qattiq tog‘ jinslari va yuqori yotish burchagi kabi omillarni inobatga olgan holda, portlatish texnologiyalari va mustahkamlovchi materiallar haqida ham batafsil ma’lumot keltirilgan. Maqola, Pirmirob uchastkasidagi kon qazish ishlari uchun maxsus texnologiyalarni qo‘llash zarurligini ta’kidlaydi va tayyorlovchi lahimlarni o‘tish jarayonida samarali va xavfsiz texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Chodak oltin koni, geologik sharoitlar, Pirmirob uchastkasi, tayyorlovchi lahimlar, portlatish texnologiyalari, kon qazish, geologik xususiyatlar, texnik qiyinchiliklar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.