Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 3-jild vative-son (2024) · 121–126-betlar
BULUT TEXNOLOGIYALARI VA BIZNES FAOLIYATINING OPTIMALLASHTIRILISHI
Qodirov, Farrux, Tursunova, Sarvinoz
DOI: 10.5281/zenodo.14504314 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Hozirgi kunda bulut texnologiyalari (Cloud Technologies) biznes va sanoatning ko'plab sohalarida innovatsion yechimlarni joriy etishga va faoliyatni optimallashtirishga yordam bermoqda. Ushbu maqolada bulut texnologiyalarining biznes faoliyatini samarali optimallashtirishdagi roli, foydalari va qo'llanilish sohalari batafsil tahlil qilinadi. Bulut texnologiyalarining asosiy xususiyatlari — masofaviy saqlash, hisoblash quvvatlarini dinamik tarzda boshqarish va yuqori darajadagi ma'lumot xavfsizligi — korxonalarga o'z operatsiyalarini yanada samarali, tezkor va arzonroq amalga oshirish imkonini beradi. Maqolada bulut platformalaridan foydalanish orqali resurslar va vaqtni tejash, yangi bozorlarni zabt etish va raqobatbardoshlikni oshirish kabi biznes jihatlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada bulut texnologiyalarining kirib kelishi va ular bilan bog'liq muammolar, xavfsizlik va maxfiylikka oid masalalar ham yoritilgan.
Bulut texnologiyalari, Biznes optimallashtirish, Iqtisodiy samaradorlik, Saqlash va hisoblash resurslari, Ma'lumotlar xavfsizligi, Raqobatbardoshlik, IT infratuzilma, Masofaviy ishlash, Xizmat sifatini oshirish, Digital transformatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.