Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 3-jild vative-son (2024) · 48–49-betlar

IMOM BUXORIY VA IMOM TERMIZIYNING HADIS ILMIGA QO'SHGAN HISSALARINI QIYOSIY TAHLILI

Qayumova, Gulbahor

DOI: 10.5281/zenodo.14535273 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada hadis ilmining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan ikki buyuk muhaddis, Imom Buxoriy va Imom Termiziylarning ilmiy merosi qiyosiy tarzda tahlil etiladi. Maqolada, har ikkala muhaddisning hadis to‘plamlaridagi metodologik yondashuvlar, hadislarni tanlash va ularning ishonchliligini baholash usullari chuqur tahlil qilinadi. Imom Buxoriyning "Sahih al-Buxoriy" va Imom Termiziyning "Sunan al-Termiziy" asarlari asosida hadis ilmiga qo‘shgan hissalari, ayniqsa, sanad va matnni tahlil qilishdagi yondashuvlaridagi o‘xshashliklar va farqlar ko‘rib chiqiladi. Maqola, shuningdek, bu ikki muhaddisning ilmiy merosining ahamiyatini, ularning hadis ilmi sohasidagi yuksak darajadagi metodologik tafovutlarini va ularning ilmiy ishlarining bugungi kunda davom ettirilayotgan ilmiy tadqiqotlarga ta’sirini o‘rganadi.

Imom Buxoriy, Imom Termiziy, hadis ilmi, hadis ilmiga hissalar, qiyosiy tahlil, sanad, matn tahlili,

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.