Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 3-jild vative-son (2024) · 102–103-betlar
ATROF-MUHIT OBYEKTLARIDA TEMIR (III) IONLARINI ANIQLASH VA MONITORINGINI O'TKAZISH
Davronova, Norniso, Smanova, Zulayxo
DOI: 10.5281/zenodo.14586296 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Atrof-muhitning turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi aholi, ayniqsa bolalar salomatligida salbiy o‘zgarishlarga olib keladi, bu esa fiziologik ko‘rsatkichlar, jismoniy rivojlanishning sekinlashuvi, kasalliklarning yuzaga kelishi va boshqa salbiy ta’sirlarda o‘zini ko‘rsatadi [1]. Temir esa organizmda almashtirib bo‘lmaydigan, hayot uchun zarur metallardan biridir. O‘simliklarda temirning massa ulushi 0,02%, hayvonlar organizmlarida esa 0,01% ni tashkil etadi. Inson organizmida, asosan qonning gemoglobinida, 5 g temir mavjud [2]. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, havodagi metall nanozarrachalarini nafas olish natijasida yuzaga keladigan temir ortiqchaligi miyokarddagi oksidlovchi stressni kuchaytirib, yurak-qon tomir kasalliklari uchun ekologik xavf omiliga aylanishi mumkin [3]. Shuning uchun atrof-muhitdagi temir ionlarini aniqlash va uning meyorlarini nazorat qilish dolzarb masalalardan biridir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.