Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 3-jild vative-son (2024) · 19–26-betlar
IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALARNING RAQAMLI IQTISODIYOTDAGI O’RNI VA AXAMIYATI
Vasiyeva, Dilfuza
DOI: 10.70413/zdit-v03-i04-p1-004 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar jamiyatning istiqbolini belgilovchi muhim unsurlardan biriga aylangan va sohaga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Buning natijasini yon atrofimizdagi innovatsion yechimlar hamda sun’iy intellektlar misolida ko’rishimiz mumkin. Zamonaviy ishlanmalardan biri IoT texnologiyasidir. Har xil qurilmalar turlari Internet orqali turli ilovalar bilan o‘zaro ta’sirlashishadigan har xil tarmoqlar turlarini tashkil qiladi. Bu ilovalar bir necha interfeyslarni tashkil etishi mumkin. Qurilmalar tarmoqlari Internet bilan bog’lanadi, keyin esa tranzit tarmoq orqali ilovalar bilan o’zaro ta’sirlashishadi. Ushbu maqolada eng ommaviy terminlardan biri bo‘lgan - IoT haqida tushuncha va uning zamonaviy texnologik rivojlanishda tutgan o‘rni haqida ma’lumot beriladi.
Buyumlar internet (IoT), sun’iy intellekt (AI), mashinali o‘qitish, sensorlar, internet, smart obyekt, virtual olam, aqlli qurilmalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.