Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 59–63-betlar

TASHQI XOTIRA QURILMALARI. AXBOROTLARNI KIRITISH-CHIQARISH QURILMALARI

Boʻriyeva, Fayyoza, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muhiba

DOI: 10.5281/zenodo.14643083 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tashqi xotira qurilmalari, kompyuter tizimlarida maʻlumotlarni saqlash va uzatish jarayonlarida muhim rol oʻynaydi. Ushbu qurilmalar turli xil formatlarda boʻlib, axborotlarni kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi. Kiritish qurilmalari (masalan, klaviatura, sichqoncha, skaner) foydalanuvchidan axborotni kompyuterga kiritish imkonini beradi, chiqish qurilmalari (monitor, printer) esa tizimdan maʻlumotlarni foydalanuvchiga yetkazadi. Tashqi xotira qurilmalari (USB flesh-disklar, qattiq disklar, CD/DVD, SSD) tezkor va ishonchli maʻlumot saqlash imkoniyatini taqdim etadi. Ular maʻlumotlar almashinuvi va saqlash uchun zarur vositalardir. Ushbu annotatsiya, tashqi xotira va axborotlarni kiritish-chiqarish qurilmalarining funksiyalari, turlari va ularning kompyuter tizimidagi ahamiyatini yoritadi. Ushbu mavzu zamonaviy axborot texnologiyalari kontekstida har qanday foydalanuvchining bilimlarini oshirishga qaratilgan.  

Tashqi xotira, axborot saqlash, kiritish qurilmalari, qattiq disk, skaner, saqlash qurilmalari, klaviatura.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.