Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 101–104-betlar
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SO‘Z TURKUMLARINING KATEGORIYAVIY-GRAMMATIK MODELLARI KOGNITIV VA TIPOLOGIK YONDASHUV
Azamatova, Muhtarama
DOI: 10.70413/zdit-v04-i10-p1-011 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z turkumlari tasnifining kategoriyaviy-grammatik asoslarini kognitiv va tipologik yondashuvlar nuqtai nazaridan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida ikki tilning morfologik tuzilmalari, sintaktik imkoniyatlari va semantik-pragmatik xususiyatlari asosida so‘z turkumlarining shakllanishi, o‘zgaruvchanligi va kontekstual moslashuv darajasi qiyosiy tahlil qilinadi. Ingliz tilining analitik-flektiv tabiati va o‘zbek tilining aglutinativ xususiyatlari asosida har bir tilga xos bo‘lgan kategoriya modeli ochib beriladi. Ayniqsa, konversiya, funksional siljish, affiksal differensiyatsiya va paradigma barqarorligi kabi lingvistik hodisalar orqali so‘z turkumlari tizimidagi umumiylik va tafovutlar chuqur yoritiladi. Tadqiqot natijalari tilshunoslikdagi universal va tipologik kategoriya tushunchasini kengaytirishga xizmat qiladi. Natijalar ingliz va o‘zbek tillarini o‘rganishda, shuningdek, kontrastiv tilshunoslik tadqiqotlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
so‘z turkumlari, kategoriyaviy model, grammatik tizim, ingliz tili, o‘zbek tili, aglutinativ til, analitik til, konversiya, morfologik belgi, sintaktik funksiya, kognitiv yondashuv, tipologik tahlil, paradigma, funksional siljish, lingvistik qiyoslash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.