Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 129–132-betlar

INGLIZ VA O'ZBEK XALQ MAQOLLARIDA DO'STLIK/DUSHMANLIK KONSEPTLARINI IFODALOVCHI MAQOLLARING VARIATIVLIGI

Ergasheva, Gulzoda

DOI: 10.5281/zenodo.15202354 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek xalq maqollarida do‘stlik va dushmanlik tushunchalarining qanday ifoda etilgani o‘rganilgan. Tadqiqot davomida har ikki madaniyatda ushbu mavzudagi maqollar tahlil qilinib, ularning umumiylik va farqli jihatlari aniqlangan. Ingliz maqollarida do‘stlik asosan yordam, sadoqat va muhtojlikda ko‘rsatilgan yordamlarga asoslanib tasvirlansa, o‘zbek maqollarida ehtiyotkorlik, muvozanat va munosabatlardagi o‘zaro ishonchga urg‘u beriladi. Dushmanlik borasida esa ingliz maqollarida strategik yondashuv va ogohlik muhimligi, o‘zbek maqollarida esa hushyorlik va mojarodan qochish lozimligi ta’kidlangan. Ushbu maqolalar orqali insoniy munosabatlarning madaniy talqinlari va umumiy qadriyatlari yoritib berilgan.

Maqollar, do‘stlik, dushmanlik, ingliz madaniyati, o‘zbek madaniyati, xalq donishmandligi, madaniyatlararo tahlil, ijtimoiy munosabatlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.