Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 133–138-betlar
INFLATSIYANI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Qodirov, Akbarjon
DOI: 10.70413/zdit-v04-i10-p1-031 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida inflyatsiyani tartibga solish mexanizmlarining amaldagi holati chuqur tahlil qilinib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot jarayonida inflyatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar — pul-kredit siyosati, fiskal intizom, importga bog‘liqlik darajasi hamda inflyatsion kutilmalar darajasi o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, inflyatsiyani barqaror darajada ushlab turish uchun faqat monetar choralar yetarli bo‘lmay, fiskal siyosat bilan uyg‘unlikda olib borilishi lozim. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiy sub’yektlar bilan ochiq kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish va inflyatsion kutilmalarni boshqarish orqali uzoq muddatli barqarorlikka erishish mumkin. Mazkur maqola ilmiy-amaliy jihatdan inflyatsiyani barqarorlashtirish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
inflyatsiya, pul-kredit siyosati, fiskal intizom, makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsion kutilmalar, import o‘rnini bosish, narxlar barqarorligi, iqtisodiy siyosat, O‘zbekiston iqtisodiyoti.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.