Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 140–144-betlar

O‘ZBEKISTONNING JANUBIY VILOYATLARIDA XOTIN-QIZLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH MUAMMOLARI

Aliyeva, Fotima

DOI: 10.70413/zdit-v04-i11-p1-037 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida xotin-qizlar sog‘lig‘ini saqlashda uchrayotgan asosiy muammolar tahlil etiladi. Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, tibbiy xizmatlarning sifati, ayollarning sog‘lom turmush tarzi borasidagi bilim va ko‘nikmalari, erta nikohlar, reproduktiv salomatlik, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi amaliy holatlar yoritiladi. Tibbiy infratuzilma yetishmovchiligi, gender tenglik darajasi, ekologik muhit ta’siri, xotin-qizlarning huquqiy va ijtimoiy faolligi kabi omillar sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ham bayon etiladi.

xotin-qizlar sog‘lig‘i, janubiy viloyatlar, reproduktiv salomatlik, gender tengligi, erta nikoh, tibbiy xizmatlar, onalik, ijtimoiy-iqtisodiy muhit.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.