Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 4-jild 9-son (2024) · 151–163-betlar
“STIGMACHOLE – ZEA” YIG‘MASIDAN SAFRO HAYDOVCHI TA’SIRGA EGA QURUQ EKSTRAKT OLISH TEXNOLOGIYASI
Mamatqulov, Z.U, Baxtiyorov, J.G’, Rizayev, K.S.
DOI: 10.5281/zenodo.13885742 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Safro haydovchi “STIGMACHOLE-ZEA” yig‘masidan olingan 40% ekstraktni gidrofob va gidrofil tabiatli yot moddalardan tozalash uchun quyultirilgan ekstraktni 1:1 nisbatda suv bilan suyultirilgach, suyuq-suyuq tizimidagi ekstraksiya usulida avval besh marta xloroform bilan ishlov berib, so‘ng flavonoidlar 4 marta n-butanol bilan ekstraksiya qilish lozimligi belgilandi. Olingan n-butanolli ekstraktni quyultirib quruq moddalari 15 % bo‘lgan suvli eritma tayyorlab, uni purkab quritish jihozida, eritmani uzatish tezligi 5 l/soat, quritish vositasining kirishdagi harorati 190 °C, chiqishdagisi 75 0C, eritmaning purkash bosimi 0,1-0,15 MPa sharoitda quritish lozimligi belgilandi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida “STIGMACHOLE – ZEA” yig‘masidan safro haydovchi ta’sirga ega quruq ekstrakt olish texnologiyasi ishlab chiqildi.
Makkajo‘xori onalik gulining ustunchasi bilan og‘izchasi (Zeae maydis styli cum stigmatis), na’matak mevalari (Rosae fructus), mayda gulli tog‘rayhon o‘ti (Origanum tytthanthum herba) va oddiy bo‘ymadaron o‘ti (Achilleae millefolii herba), flavonoid, ekstraksiya, yot moddalardan tozalash, texnologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.