Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 16–19-betlar

YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLARNING TSITOKINR HOLATINI GESTATSION YOSHI HAMDA OZIQLANISH TURIGA KO’RA O’Z ARO BOG’LIQLIGINI TAHLILI

Abdieva, Nargiza, Muxamedova, Shaxnoza

DOI: 10.70413/zdit-v04-i13-p1-003 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlarda tug‘ma immunitet faolligining sustligi dendrit hujayralari va makrofaglarning antigenlarni ushlash va taqdim etish qobiliyatining pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ularda yallig‘lanishga qarshi tsitokinlarning ishlab chiqarilishi ham sust bo‘ladi, bu esa immun javobini zaiflashtirishtiradi. Garchi bu bolalarda T-hujayralarining soni kattalar bilan solishtirganda ko‘proq bo‘lsa-da, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, ayniqsa, erda tug‘ilganlarda, hujayrali immunitet asosan Th2 tizimi orqali faollashadi, shu bilan birga Th1 reaksiyalari nisbatan zaifligicha qoladi, [1,4]. Gumoral himoya asosan onaning antitelalari tomonidan ta'minlanadi, ammo ularning ta'siri cheklangan. Kompleman tizimi va boshqa komponentlar, shuningdek, maxsus va maxsus bo‘lmagan immunitet tizimlari yetarlicha faoliyat ko‘rsatmaydi.

yangi tugʼilgan chaqaloqlar, sitokin holati, ichak mikrobiomasi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.