Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 51–55-betlar
ARIMA MODELLARI YORDAMIDA JISMONIY SHAXSLARLARNING XORIJIY PUL O‘TKAZMALARI KO‘SATKICHINI PROGNOZLASHTIRISH (SURXONDARYO VILOYATIDA)
Davranov, Odil
DOI: 10.70413/zdit-v04-i14-p1-014 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Maqolada asosiy e’tibor ARIMA modellari yordamida jismoniy shaxslarlarning xorijiy pul o‘tkazmalari ko‘satkichini prognozlashtirish jarayoniga qaratilgan. Boks-Jenkins usulini qo‘llagan holda mavsumiy integratsiyalashgan avtoregressiya va sirg‘aluvchi o‘rtacha model qurilgan. Natijada vaqtli qator statsionarligi tekshirilib, SARIMA (0,2,2), (2,2,2) modeli tuzilgan. Model ahamiyatliligi MAPE bo’yicha hamda parametrlari statistik ahamiyatliligi esa Fisherning z mezoni bilan baholangan. Qoldiqlar normal taqsimot qonuniga bo‘ysunishi hamda ularda avtokorrelatsiya mavjud emasligi o’rganilgan. Natijada modeldan foydalanib, 2028 yilga qadar pul o‘tkazmalari hajmining prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
ADF test, ACF, PACF, model, ARIMA, SARIMA, MAPE, Fisher, avtokorrelatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.