Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 140–143-betlar

KIRISHMA MARGANES ATOMLARI BILAN LEGIRLANGAN KREMNIYNING TENZOELEKTRIK XUSUSIYATLARINING HARORAT TA’SIRIDAGI O‘ZGARISHLARI

Tursınbaev, Sabırbay, Salayeva, Sevinchoy, Kurbaniyazova, Ozoda

DOI: 10.70413/zdit-v04-i14-p1-035 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot ishi marganes kirishma atomlari bilan legirlangan kremniyning tenzoelektrik xususiyatlarini turli harorat sharoitlarida o‘rganishga bag‘ishlangan. Marganes konsentratsiyasining o‘zgarishi kremniy kristall strukturasiga ta’siri va natijada yuzaga keladigan tenzoelektrik xarakteristikalar o‘rganilgan. Defektlar, dislokatsiyalar va harorat o‘zgarishining tenzoelektrik koeffitsientga ta’siri eksperimental yo‘l bilan aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida marganes bilan legirlangan kremniyning sensor qurilmalari va energiya to‘plagichlar kabi zamonaviy texnologik ilovalarda qo‘llanilish perspektivasi ko‘rsatilgan.

Kremniy, marganes, legirlash, tenzoelektrik xususiyatlar, kristall struktura, defektlar, dislokatsiyalar, harorat ta’siri, yarimo‘tkazgichlar, sensor qurilmalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.