Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 65–68-betlar
AVTOMOBIL YO‘LLARINI RIVOJLANTIRISH MAQSADLI JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Suvanqulov, Shohzod
DOI: 10.70413/zdit-v04-i15-p1-020 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armalarining faoliyatini takomillashtirish yo‘llari o‘rganilgan. Jamg‘armalar avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va modernizatsiya qilish uchun zarur moliyaviy resurslarni yig‘ish va sarflashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada xalqaro tajribalar, xususan Germaniya, Avstraliya va Kanada kabi davlatlarning muvaffaqiyatli yondashuvlari o‘rganilib, O‘zbekiston uchun foydali takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, yo‘l xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash muhim omillar sifatida ko‘rsatilgan. Maqola avtomobil yo‘llari jamg‘armalarining samarali faoliyatini ta’minlash uchun innovatsion yondashuvlarni va davlat-xususiy hamkorlikni rivojlantirishni ta’kidlaydi.
avtomobil yo‘llari, yo‘l jamg‘armalari, transport infratuzilmasi, xalqaro tajriba, innovatsion yondashuvlar, yo‘l xavfsizligi, moliyaviy resurslar, xususiy sector, monitoring tizimlari, investitsiyalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.