Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 121–122-betlar

KORXONADA XARAJATLARNI SOLIQQA TORTISH UCHUN TO‘G‘RI TASNIFLASH VA HUJJATLASHTIRISH TARTIBI

Hamroyev, Dilshodjon

DOI: 10.70413/zdit-v04-i15-p1-039 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tezisda korxonalarda xarajatlarni soliqqa tortish uchun to‘g‘ri tasniflash va hujjatlashtirish masalalari yoritilgan. Xarajatlarni noto‘g‘ri tasniflash va ularni asoslovchi hujjatlarning yetarlicha yuritilmasligi natijasida soliq hisobotlarida xatoliklar, moliyaviy jarimalar va huquqiy bahslar yuzaga kelmoqda. Tezisda soliqqa tortish nuqtayi nazaridan muhim bo‘lgan xarajat turlari, ularning soliq kodeksi bo‘yicha tan olinishi, buxgalteriya hisobida aks ettirilishi va hujjat bilan asoslanish talablari keng tahlil etilgan. Shuningdek, soliq tekshiruvlari tajribasi asosida eng ko‘p uchraydigan xatoliklar va ularni kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.

soliqqa tortish, xarajatlar tasnifi, hujjatlashtirish, asoslovchi hujjat, soliq yuki, buxgalteriya hisobi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.