Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 27–31-betlar
MUHANDISLIK SOHASIDA MATEMATIKANING AHAMIYATI
Yuldashev, Sanjarbek, Atamuratov, Jaloliddin, Xo‘janiyazov, Jamolbek
DOI: 10.5281/zenodo.15478919 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
“Muhandislik sohasida matematikaning ahamiyati” mavzusidagi maqola, matematikaning muhandislikdagi o‘rni va uning turli sohalarda qanday qo‘llanilishini tahlil qiladi. Matematika, muhandislikda tizimlarni loyihalash, tahlil qilish, optimallashtirish va xavfsizlikni ta'minlashda zarur vosita hisoblanadi. Maqolada mexanik, elektr, kimyo, arxitektura va transport kabi sohalarda matematikaning qo‘llanilishi misollar orqali ko‘rsatilgan. Xususan, mexanikada kuch va momentlarni hisoblash, elektr muhandisligida zanjirlarni tahlil qilish, kimyo muhandisligida jarayonlarni modellash va qurilishda strukturalarni mustahkamlash kabi masalalar misolida matematik usullarning ahamiyati ko‘rsatilgan. Shuningdek, matematik modellar va optimallashtirish metodlarining muhandislikda qo‘llanilishi haqida ham so‘z yuritilgan. Maqola matematikaning muhandislik sohasidagi turli amaliy masalalarni yechishda, aniq va samarali natijalarga erishishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi.
Matematika, muhandislik, hisob-kitoblar, model yaratish, tahlil qilish, algoritm, differensial tenglamalar, statistika, optimallashtirish, chizmalar, funktsiyalar, geometriya, fizika asoslari, loyihalash, raqamli texnologiyalar, texnik yechimlar, muammo hal qilish, nazariy asoslar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.