Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 66–69-betlar

ALISHER NAVOIYNING NA’T GʻAZALLARI TARKIBIDAGI PAYGʻAMBARLAR OBRAZI TALQINI

Xusanova, Kamola

DOI: 10.70413/zdit-v04-i17-p1-016 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Alisher Navoiy g‘azallarida, xususan, na’t janridagi asarlarida payg‘ambarlar obrazining badiiy talqini tahlil qilinadi. Muallif Navoiy ijodidagi diniy timsollar, jumladan, Xizr va Yusuf payg‘ambarlar obrazlari misolida shoirning Qur’oni karim va hadis manbalaridan ilhomlangan holda, ularni qanday ma’naviy-axloqiy ramz sifatida yoritganini ko‘rsatadi. Navoiy g‘azallarida payg‘ambarlar obrazi insonning axloqiy kamolotga erishish yo‘lida ilhom manbai, adolat, sabr-toqat va go‘zallik timsoli sifatida ifodalanadi. Maqolada “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi g‘azallar tahlili orqali shoirning talmeh san’atidan foydalanish usullari ochib beriladi. Tadqiqotda diniy obrazlar orqali Navoiy insoniyat uchun ma’naviy yetakchilik g‘oyasini targ‘ib qilgani ta’kidlanadi.

Alisher Navoiy, Na’t g‘azallari, Payg‘ambarlar obrazi, Qur’oniy timsollar, Tasavvufiy talqin, Xazoyin ul-maoniy, Navoiy she’riyati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.