Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 44–47-betlar
YURAK ISHEMIK KASALLIKLARI ETIOLOGIYASI, KLINIKASI, DIAGNOSTIKASI, PROFILAKTIKA VA DAVOLASH USULLARI
Isroilov, Asilbek, Rahmonaliyev, Marufjon
DOI: 10.5281/zenodo.15550023 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Yurak ishemik kasalliklari (YIK) – bu yurak mushaklarining kislorod bilan yetarli darajada ta’minlanmasligi natijasida yuzaga keladigan, keng tarqalgan va o‘limga olib keluvchi yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan biridir. Mazkur maqolada YIKning asosiy shakllari, tarqalish statistikasi, klinik ko‘rinishlari, diagnostika usullari, profilaktika choralar hamda zamonaviy davolash usullari batafsil yoritilgan. Diagnostikada EKG, exokardiografiya, stress testlar va koronar angiografiya muhim rol o‘ynaydi. Profilaktika choralari ichida sog‘lom ovqatlanish, chekishni tashlash, muntazam jismoniy faollik, qon bosimi va xolesterin darajasini nazorat qilish asosiy o‘rin tutadi. Dori vositalaridan aspirin, statinlar, betta-blokatorlar va nitratlar keng qo‘llaniladi. Jarrohlik davolash usullari sifatida koronar shuntlash va angioplastika bilan stent o‘rnatish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola yurak ishemik kasalliklarini erta aniqlash, oldini olish va samarali davolash bo‘yicha tibbiy xodimlar hamda keng jamoatchilik uchun muhim axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada statistik ma’lumotlar asosida kasallik xavfi va profilaktikaning dolzarbligi asoslab berilgan.
yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, miokard infarkti, diagnostika, profilaktika, statinlar, angioplastika, koronar shuntlash, qon bosimi, xolesterin.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.