Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 48–51-betlar

ARTERIAL GIPEREMIYA: PATOLOGIK ANATOMIYA VA MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR TAHLILI

Isroilov, Asilbek, Valixonova, Dildora

DOI: 10.70413/zdit-v04-i18-p1-011 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada arterial giperemiya – to‘qimalarda arterial qon oqimining ortishi bilan kechuvchi patologik jarayon sifatida yoritilgan. Maqola patologik anatomiya faniga asoslangan bo‘lib, arterial giperemiyaning etiologiyasi, patogenezi, morfologik belgilariga chuqur tahlil berilgan. Ma’lumki, arterial giperemiya ko‘pincha yallig‘lanish jarayonining boshlanish bosqichida yoki fiziologik sharoitlarda kuzatiladi. Ammo patologik sharoitda uning rivojlanishi qator kasalliklar, xususan, infeksiyalar, travmalar, o‘sma jarayonlari va autoimmun holatlarning klinik belgilari bilan bog‘liq. Morfologik jihatdan bu holat kapillyar va arteriolalarning kengayishi, to‘qimalarning qizarganligi, haroratning ko‘tarilishi, endotelial shish va eritrotsitlar to‘planishi bilan xarakterlanadi. Klinik amaliyotda arterial giperemiyani to‘g‘ri aniqlash yallig‘lanish, regeneratsiya va neoplastik jarayonlarni erta bosqichda tashxislashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada arterial va venoz giperemiyalar o‘rtasidagi farqlar ham keltirilib, ushbu holatlarni differensial diagnostika qilish mezonlari bayon qilingan. Ushbu tahliliy maqola talabalarga, shifokorlarga va patolog-anatomiya sohasi vakillariga arterial giperemiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglashda yordam beradi.

arterial giperemiya, patologik anatomiya, yallig‘lanish, kapillyar kengayish, to‘qima qon ta’minoti, morfologik belgilar, patogenez, differensial tashxis.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.