Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 52–56-betlar

ISITMA ETIOLOGIYASI, KLINIK KECHISHI VA PATOGENEZI

Isroilov, Asilbek, Turg‘unova, Nodira

DOI: 10.5281/zenodo.15551844 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada isitmaning (pyreksiyaning) etiologiyasi, klinik kechishi va patogeneziga oid dolzarb jihatlar patologik anatomiya fani doirasida keng yoritilgan. Isitma organizmning yallig‘lanish, infeksion yoki toksik omillarga javoban rivojlanadigan kompleks himoya va moslashuv reaksiyasi bo‘lib, uning asosida termoregulyatsiya markazining o‘zgarishi yotadi. Maqolada isitmaga olib keluvchi asosiy sabablar sifatida infeksion agentlar (bakteriyalar, viruslar, parazitlar), immun reaksiyalar, onkologik jarayonlar, dori vositalari va metabolik buzilishlar ko‘rsatilgan. Shuningdek, isitmaning rivojlanish mexanizmlari (pirogenlarning roli, prostaglandin E2 ishtiroki) ilmiy asosda yoritilgan. Klinik belgilari bosqichma-bosqich tahlil qilinib, isitmaning turlari – doimiy, to‘lqinsimon, hektik, intermittent va atipik isitmalar ajratib ko‘rsatilgan. Maqolada isitmaning patologik anatomik o‘zgarishlari, ya’ni yurak, jigar, buyrak, asab tizimi va qon aylanish tizimida yuzaga keluvchi morfologik o‘zgarishlar keng bayon etilgan. Ushbu ilmiy ish tibbiyot sohasi mutaxassislari, talabalar va tadqiqotchilar uchun nazariy hamda amaliy jihatdan foydali manba hisoblanadi.

isitma, etiologiya, patogenez, termoregulyatsiya, gipotalamus, prostaglandin E2, pirogen, infeksiya, patologik anatomiya, yallig‘lanish, klinik kechish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.