Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 57–60-betlar

DISTROFIYA: PATOLOGIK ANATOMIYA ASOSLARI VA TO‘QIMA O‘ZGARISHLARI

Isroilov, Asilbek, Nosirova, Sayyoraxon

DOI: 10.70413/zdit-v04-i18-p1-013 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada distrofiya tushunchasi, uning patogenetik mexanizmlari va patologik anatomiya nuqtai nazaridan o‘rganilishi ko‘rib chiqilgan. Distrofiya — bu hujayralarning oziqlanish va metabolizmi buzilishi natijasida yuzaga keladigan surunkali degenerativ jarayon bo‘lib, ayniqsa mushak, yog‘, nerv va ichki organ to‘qimalarida keng tarqalgan. Maqolada distrofiya turlari, jumladan mushak distrofiya, yog‘ to‘qimasi distrofiya, nerv to‘qimasi va ichki organlardagi distrofiya jarayonlarining makro va mikroskopik o‘zgarishlari tahlil qilingan. Patologik anatomiya fani yordamida distrofiya mexanizmlarini aniqlash, to‘qimalardagi o‘zgarishlarni tasvirlash va kasalliklarni tashxislashda qo‘llaniladigan usullar yoritilgan. Shuningdek, maqolada distrofiya rivojlanishida genetik, metabolik, ishemik va toksik omillarning roli ta’kidlangan. Distrofiya jarayonlarining patologik anatomiya asosida o‘rganilishi kasalliklarning erta tashxisi va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari kasalliklarning oldini olish va profilaktika choralarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola tibbiyot, biologiya va patologik anatomiya sohasidagi mutaxassislar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.

Distrofiya, patologik anatomiya, mushak distrofiya, oziqlanish buzilishi, to‘qima degeneratsiyasi, diagnostika.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.