Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 68–70-betlar
“SADDI ISKANDARIY” ASARINI MATN ASOSIDA ANGLASH
Olimova, Ruxshona
DOI: 10.5281/zenodo.15554353 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Xamsa”sining beshinchi dostoni – “Saddi Iskandariy” asari matn asosida tahlil qilinadi. Asarda Iskandar obrazining ikki yo‘nalishi – tarixiy-harbiy faoliyati va donishmandlik-falsafiy timsoli alohida e’tibor bilan yoritiladi. Dostonning ikki qismli tuzilmasi – “Iskandarnoma” tarkibiy jihatdan tahlil qilinib, ularning voqeaviy, axloqiy va tasavvufiy mazmuni ochib beriladi. Asarda Iskandarning donishmandlar bilan muloqotlari, tasavvufiy ramzlar, adolat va sabr haqidagi hikmatlar, voqealarning ramziy ifodasi, badiiy til va uslub xususiyatlari matn asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, asarning zamonaviylik nuqtayi nazaridan dolzarbligi yoritiladi. Tadqiqotda doston voqealarining aniq ketma-ketligi, badiiy vositalari va chuqur g‘oyaviy qatlamlari asosida anglashga urg‘u beriladi.
Alisher Navoiy, Saddi Iskandariy, Iskandar obrazi, tasavvuf, adolat, hikmat, doston, Xamsa, matn tahlili, donishmandlik, falsafa, Iskandarnoma, ma’naviy kamolot, badiiy tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.