Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 89–92-betlar
GENDER TENGLIK VA AYOLLAR HUQUQLARI: GLOBAL VA MAHALLIY MUAMMOLAR TAHLILI
Jabbarova, Zarnigor
DOI: 10.5281/zenodo.15572333 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ayollar huquqlari va gender tengligi masalasi bugungi kunda global miqyosda eng dolzarb muammolardan biridir. So‘nggi o‘n yilliklarda ushbu sohada sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning ta’kidlashicha, ayollar huquqlari yangi tahdidlar tufayli tobora ko‘proq xavf ostida qolmoqda. Raqamli vositalarning rivojlanishi, iqtisodiy tengsizlik, gender asosidagi zo‘ravonlik va siyosiy qutblanish kabi omillar ayollarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xalaqit bermoqda. Ushbu tezisda global va mahalliy kontekstda ayollar huquqlari va gender tengligi bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi, shuningdek, O‘zbekiston misolida mamlakatdagi gender tengligi holati va uni yaxshilash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot BMT, Equal Measures 2030, Jahon banki va boshqa manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.