Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 13–17-betlar
ABU MANSUR MOTURIDIYNING “TAVHID” ASARIDA XAVORIJLARGA QARSHI RADDIYALARI
Yodgorov, Mohirjon
Annotatsiya
Abu Mansur Moturidiy ning “Tavhid” asarida, Xavorijlar firqasining noto‘g‘ri e’tiqodlariga qarshi ilmiy asoslangan raddiya berilgan. Moturidiy, Xavorijlarning hukm chiqarishdagi o‘ta qat’iy yondashuvlarini tanqid qiladi va ularning aqidalaridagi muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Asarda, Xavorijlarning “kufr”ni boshqalarga osongina ta’minlash va musulmonlarni kufrda ayblashlari kabi rad etilgan amaliyotlari keng muhokama qilinadi. Moturidiy, Qur’on va Hadislarning to‘g‘ri tafsiri orqali Xavorijlarning bu kabi radikal qarashlarini inkor etadi va ularni o‘z aqidalarini tekshirishga chaqiradi. Asar, islom aqidasidagi tafsirlarga yangicha yondashuvni taqdim etib, sunniy e’tiqodni himoya qiladi.
Abu Mansur Moturidiy, “Tavhid” asari, xavorijlar, aqidaviy raddiya, islom aqidasi, radikal qarashlar, sunniy aqida, Qur’on tafsiri, diniy ekstremizm, iymon va amal.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.