Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 48–54-betlar

YAPONIYA VA KOREYA TAJRIBASIDA INSON KAPITALI TRANSFORMATSIYASI

Ruzmetova, Gulira’no

DOI: 10.5281/zenodo.15675913 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Yaponiya va Koreya Respublikasining inson kapitalini rivojlantirish strategiyalari va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilinadi. Inson kapitali — zamonaviy iqtisodiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lib, mazkur ikki davlat ta’lim, ilmiy-tadqiqot, innovatsion texnologiyalar va malakali ishchi kuchi tayyorlash sohalariga katta e’tibor qaratadi. Maqolada Yaponiya va Koreyaning ta’lim tizimlari, ilmiy-tadqiqotga ajratilayotgan mablag‘lar, innovatsion ishlab chiqarish salohiyati va kasb-hunar ta’limi tizimlari solishtirilib, bu yo‘nalishlardagi muvaffaqiyatlar iqtisodiy samaradorlik va mehnat unumdorligiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatgani tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun ushbu tajribaning ahamiyati va amaliy ahvolga mos tavsiyalar ham berilgan. Maqola so‘ngida inson kapitaliga sarmoya kiritishning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni asoslanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.