Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 16–21-betlar
TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH(NLP)DA KORPUS TEXNOLOGIYASINING O‘RNI
Rаximov, Xаsаnboy
DOI: 10.70413/zdit-v04-i02-p1-005 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Maqolada NLP va korpus texnologiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham tahlil qilingan. Korpus texnologiyalari NLP uchun zarur bo‘lgan ma’lumot va vositalarni taqdim etadi, NLP esa ushbu ma’lumotlarni real amaliyotlarda qo‘llaydi. Ushbu integratsiya lingvistika va texnologiya sohalarida yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Korpus texnologiyalarining lisoniy qoliplar, grammatik qoidalar va lug‘atlarni rivojlantirishdagi rolini yoritib, uning ontologik bilimlar bazasi, semantik tarmoqlar va sun’iy intellekt tizimlarida qo‘llanilishiga urg‘u beradi. Shuningdek, tilshunoslik tadqiqotlarida maxsus korpuslardan foydalanish statistik natijalarga erishishning kvantitativ yondashuv sifatida taqdim etiladi. Korpus texnologiyalarining asosiy vositalari, masalan, AntConc, konkordansiya vositalari, kollokatsiya grafiklari va n-gram tahlillari matnning yuzaki xususiyatlarini tahlil qilish uchun samarali hisoblanadi.
tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), korpus texnologiyalari, lingvistik modellash, grammatik tahlil, sun’iy intellekt, semantik tahlil, statistik tahlil, konkordansiya vositalari, avtomatik tarjima, sentiment tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.