Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 38–46-betlar
ILK TEMIR DAVRIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MANZARA- XORAZM VOHASI MISOLIDA: DAVLATCHILIK VA HARBIY SOHA MASALALARI
Matyakubov, Xamdam
DOI: 10.5281/zenodo.14898099 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ilk temir davrida xo‘jalik-madaniy manzara ancha o‘zgargan. Sariqamishbo‘yi Dovdon vohasida manzilgohlar va mozor qo‘rg‘onlar baland qirlarda joylashgan va ularning tevaragida, qadimiy sug‘orish inshootlar-kanallar va ariqlarning izlari aniqlanmagan. Aholi sigirlar, qo‘y-echkilarni boqqan, chorvadorlar xo‘jaligida yilqichilik ham katta o‘rin egallab olgan. Shu qatorda Sariqamish ko‘ldan oqib chiqqan Amudaryoning qadimgi Uzboy o‘zanining o‘rta qismi qirg‘oqlaridagi yaylovlar mil.avv.VII asrda ko‘chmanchi chorvadorlar tomonidan mavsumiy o‘zlashtirila boshlangan. Maqolada Xorazm vohasida ilk temir davrida davlatchilik va harbiy soha masalalari ko’rib chiqildi.
ilk temir davri, xo‘jalik-madaniy manzara, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, chorvador jamoalar, davlatchilik, harbiy soha.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.