Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 110–113-betlar

YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TALABA YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA INSTITUTSIONAL TIZIMLARNING AHAMIYATI

Abdullayeva, Asila

DOI: 10.70413/zdit-v04-i02-p1-032 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda institutsional tizimlarning ahamiyati tadqiq etilgan. Zamonaviy sharoitda ijtimoiy faollik jamiyat taraqqiyoti va mamlakat kelajagi uchun muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Maqolada yangi institutsional yondashuvlar asosida yoshlarning ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Institutsional tizimlarning rolini baholashda ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, davlat va jamiyat institutlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida talaba yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, ta’lim tizimi, yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va ijtimoiy ta’limotlarning o‘rni aniqlangan. Shuningdek, maqolada yangi institutsional yondashuvlar asosida talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oya va dasturlar taklif qilingan.

Yangi O‘zbekiston, talaba yoshlar, ijtimoiy faollik, institutsional tizim, tashabbuslar, yoshlar siyosati, ta’lim tizimi, ijtimoiy mas’uliyat, qadriyatlar uyg‘unligi, ijtimoiy tashabbuslar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.