Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 129–134-betlar
ABDULRAZZOQ GURNAHNING “PARADISE” VA “BY THE SEA” ROMANLARIDA INSON RUHIYATIDA ICHKI KONFLIKT TAHLILI
Saydamatova, Dilafro‘z
DOI: 10.5281/zenodo.15645430 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada Abdulrazzoq Gurnahning “Paradise” (Jannat), “By the Sea” (Dengiz bo‘yida) romanlari ustida tahlil amalga oshirilgan bo’lib, maqolada asosiy e’tibor Gurnahning o’z qahramonlari orqali inson qalbidagi iztirob, yo‘qotish, o‘zlikni izlash kabi psixologik holatlarning badiiy ifodasi va ularning tahliliga qaratilgan. Gurnah romanlari nafaqat adabiy, balki psixologik tahlil uchun ham muhim deb hisoblanadi. Gurnah asarlarining chuqur psixologik mazmuni zamonaviy adabiy jarayonlar bilan uyg‘unlashibgina qolmay, yangi avlod o‘quvchilari uchun dolzarb ruhiy savollarni ko‘taradi va shaxsiy va ijtimoiy kontekstlarni chuqur tushunishga yordam beradi. Bu asarlar, nafaqat post-kolonial jamiyatlardagi shaxsiy izlanishlar, balki butun dunyo bo‘ylab ruhiy holatlarning umumiy tasviri ekanligi maqolada tahlil qilingan.
Abdulrazzoq Gurnah, ichki konflikt, o’zlikni anglash, inson ruhiyati, post colonial, “Paradise”, “By the Sea”.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.