Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 99–106-betlar
KO'RSATUVLARNI XODISA SODIR BO'LGAN JOYDA TEKSHIRISH TERGOV XARAKATINI VIDEOYOZUV QAYD ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Suyunov, Shaxzod, Abdug’afforov, Yahyobek
DOI: 10.5281/zenodo.15686874 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada hodisa sodir bo‘lgan joyda olib boriladigan tergov harakatlarini videoyozuv orqali qayd etishning o‘ziga xos xususiyatlari, uning huquqiy asoslari va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Tergov jarayonida videoyozuv vositalaridan foydalanish hodisa joyidagi dalillarni aniq va to‘liq hujjatlashtirish imkonini beradi, tergov sifatini oshiradi hamda sudda dalil sifatida taqdim etishda ishonchlilikni ta’minlaydi. Maqolada videoyozuvning texnik jihatlari, uni tashkil etish tartibi, tergov harakatlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalarning tergov amaliyotidagi roli va ahamiyati haqida fikrlar bildirilgan. Maqola natijalari tergov jarayonining samaradorligini oshirish va huquqni muhofaza qilish organlarida videoyozuvdan foydalanish tartibini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Tergov harakatlari, hodisa joyi, videoyozuv, dalil, huquqiy asoslar, raqamli texnologiyalar, video tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.