Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 107–113-betlar
ISHNNI SUDGA QADAR YURITISH DAVRIDA DALILLARNI TO‘PLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Agoyev, Shukrullo, Bozorov, Samandarxo‘ja
DOI: 10.70413/zdit-v04-i21-p1-027 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Jinoyat ishlarini yuritishda ishni sudga qadar yuritish bosqichi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning doirasida dalillarni to‘plash, tahlil qilish va baholash jarayonlari amalga oshiriladi. Ushbu maqolada ishni sudga qadar yuritish davrida dalillarni yig‘ish va rasmiylashtirish jarayoni, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda zamonaviy texnologiyalar vositasida elektron dalillarni qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, dastlabki tergov jarayonida dalillarni to‘plashda tergovchi, prokuror, advokat hamda boshqa huquqiy sub’ektlarning roli va vakolatlari tahlil qilinadi. Maqolada ilmiy va amaliy manbalarga asoslangan holda dalillarni to‘plash usullari, ekspertlik tekshiruvlarining ahamiyati, guvohlarni so‘roq qilish, jinoyat joyini ko‘zdan kechirish, moddiy dalillarni aniqlash va ularni protsessual jihatdan rasmiylashtirish masalalari yoritiladi. Maqola jinoyat ishlari bo‘yicha dalillarni to‘plash va ulardan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga qaratilgan.
Isbotlash jarayoni, dalillarni to‘plash, tergov harakatlari, hujjatlashtirish, ekspertiza, guvohlar so‘rog‘i, protsessual normalar, jinoyat ishlari, dalillarni baholash, qonunchilik me’yorlari, advokat va himoya huquqi, dastlabki surishtiruv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.