Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 63–68-betlar
QASDDAN BADANGA YENGIL SHIKAST YETKAZISH JINOYATINING TERGOV QILISH VERSIYALARI
Ashirboyev, Axrorjon, Kuchimov, Azizbek
DOI: 10.70413/zdit-v04-i22-p1-012 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatining tergov jarayonlarini takomillashtirish masalalari o‘rganiladi. Jinoyatlar tergovining samaradorligini oshirish uchun mavjud muammolar tahlil qilinadi va ilg‘or tergov metodlari, qonunchilikdagi yangiliklar va amaliyotdagi o‘zgarishlar orqali jinoyatlarni aniqlash va isbotlash jarayonlarini takomillashtirish yo‘llari taklif etiladi. Xususan, jinoyatlar tergovining samaradorligini oshirishda psixologik, texnik va jismoniy dalillarning roli alohida yoritiladi. Tergov jarayonlarida o‘zaro hamkorlik va maxsus mutaxassislarning ishtiroki ham muhim ahamiyatga ega. Maqolada, shuningdek, muammolarni hal etish uchun ilmiy yondashuvlar va amaliyotda qo‘llaniladigan usullar taklif etiladi.
Qasddan badanga yengil shikast, jinoyat, tergov, samaradorlik, ilmiy yondashuv, mutaxassis, qonunchilik, dalillar, psixologiya, texnika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.