Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 75–77-betlar

DISKURSIV IDEOLOGIYA VA MADANIY REPRODUKSIYA KONTEKSTIDA JAVLON JOVLIYEVNING “QO‘RQMA” ASARINING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI

Soliyeva, Xusnida

DOI: 10.70413/zdit-v04-i22-p1-015 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari diskursiv ideologiya va madaniy reproduksiya nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Asardagi milliy o‘zlik, taraqqiyot, yosh avlodning ma’naviy yuki kabi g‘oyalar qahramonlarning nutqi, ichki monologlari va ramziy tasvirlar orqali ochib beriladi. Diskurs nazariyasi nuqtai nazaridan, asarda uch turdagi diskurs – shaxsiy-emotsional, sotsiopolitik va kognitiv-historik qatlamlar mavjudligi ko‘rsatiladi. Til vositasida jamiyatda mavjud ijtimoiy mafkuralar va qadriyatlar barqaror shaklda ifodalanib, madaniy ong va milliy identitet shakllanadi. Shu bilan birga, asar madaniy reproduksiya jarayonida muhim rol o‘ynab, milliy va madaniy merosni avloddan avlodga uzatishni amalga oshiradi. Tadqiqotda diskursiv ideologiya nazariy asoslari, tilning hokimiyat va ongni shakllantirish vositasi sifatidagi roli ham yoritiladi. Maqola adabiyotshunoslik, lingvistik madaniyat, hamda milliy identitetni o‘rganish sohalariga qiziqqan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

diskursiv ideologiya, madaniy reproduksiya, lingvokulturoloik birliklar, milliy o‘zlik, madaniy meros, Javlon Jovliyev, “Qo‘rqma”, til va hokimiyat, identitet, o‘zbek adabiyoti.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.