Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 141–143-betlar
ERTAK JANRI VA UNING TARKIBIDAGI “EZGULIK/YOVUZLIK” OPPOZITSIYASI XUSUSIDA
Yusupova, Omina
DOI: 10.5281/zenodo.15738173 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada ertak janrining oʻziga xos xususiyatlari, undagi ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi qarama-qarshilik tushunchasi atroflicha tahlil qilinadi. Maqolada ushbu oppozitsiyaning ertak syujetini harakatga keltiruvchi asosiy kuch ekanligi, shuningdek, uning gʻoyaviy mazmunni shakllantirishdagi hal qiluvchi roli yoritiladi. Qolaversa, ezgulik qahramonlar timsolida va ularning adolatli harakatlarida, yovuzlik esa personajlarning salbiy xatti-harakatlarida qanday namoyon boʻlishi ertaklardan olingan misollar bilan koʻrsatiladi. Tadqiqot ertaklarning nafaqat koʻngilochar, balki tarbiyaviy va axloqiy ahamiyatini ham taʼkidlab, yaxshilikning yovuzlik ustidan doimiy gʻalabasi orqali jamiyatda insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilishini asoslab beradi.
ertak janri, ezgulik, yovuzlik, oppozitsiya, qarama-qarshilik, syujet, gʻoyaviy mazmun, tarbiyaviy ahamiyat, axloqiy qadriyatlar, xalq ogʻzaki ijodi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.