Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 97–102-betlar
OTA-ONA QARAMOGʻISIZ QOLGAN BOLALARNI TUTUNGAN OILAGA MOSLASHTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Isaqov, Ilyosjon
DOI: 10.5281/zenodo.15788079 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tezisda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tutungan oilalarda ijtimoiy-moslashuv jarayonining nazariy-metodologik asoslari yoritilgan. Bolalarning psixologik, ijtimoiy va ma'naviy moslashuv jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar, xususan, tutungan oilaning tayyorgarligi, psixopedagogik yondashuvlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari tahlil qilingan. Shuningdek, bolalarning yangi oilaviy muhitga integratsiyalashuvi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar, moslashuv bosqichlari va ularni amalga oshirishda samarali bo‘lgan metodik yondashuvlar asoslab berilgan. Tadqiqot davomida ilg‘or xorijiy tajribalar, amaliy kuzatuvlar hamda ijtimoiy-psixologik diagnostika metodlaridan foydalanilgan. Tezisda tutungan oilalar bilan ishlashda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar ishlab chiqilgan va ular amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha takliflar berilgan.
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar, tutungan oila, moslashuv, ijtimoiy integratsiya, psixologik yordam, metodologik asos, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, bolalar huquqlari, oilaviy tarbiya, reabilitatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.