Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 39–42-betlar

ELEKTRON TIJORATNI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

Homidov, Baxtiyor

DOI: 10.70413/zdit-v04-i25-p1-012 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu ilmiy tezisda elektron tijoratni soliqqa tortish sohasidagi dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilingan. Xususan, raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi fiskal muammolar, xorijiy raqamli xizmat ko‘rsatuvchilarning soliq majburiyatlari, norasmiy onlayn savdoning ortib borishi kabi masalalarga e’tibor qaratilgan. Muallif tomonidan elektron tijorat subyektlarini ro‘yxatga olish, real vaqtli monitoring tizimlarini joriy etish, elektron invois tizimining ahamiyati, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurati ilmiy asosda asoslab berilgan. Tezisda ilgari surilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekistonda soliq bazasini kengaytirish va elektron tijoratni rasmiylashtirish orqali davlat byudjetiga tushumlarni oshirishga qaratilgan.

Elektron tijorat, soliq tizimi, raqamli iqtisodiyot, soliq ma’murchiligi, QQS, norasmiy savdo, elektron invois, raqamli platformalar, fiskal monitoring, soliq bazasini kengaytirish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.