Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 75–77-betlar
ZAMONAVIY NEYRO O‘YINLAR ORQALI TALABALARDA AQLIY RIVOJLANISH VA O‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH
Nazirqulova, Nodira
DOI: 10.70413/zdit-v04-i25-p1-021 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Bugungi kunda ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, neyrotexnologiyalarga asoslangan o‘yinlar (neyro o‘yinlar) talabalarda aqliy faollik, diqqat, xotira va tanqidiy fikrlash kabi muhim psixik funksiyalarni rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu tezisda zamonaviy neyro o‘yinlarning turlari, ularning o‘quvchilarning kognitiv (aqliy) salohiyatiga ta’siri, shuningdek, ta’lim jarayoniga integratsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda eksperimentlar, kuzatishlar va anketalar asosida neyro o‘yinlarning talabalarning o‘quv motivatsiyasi, muammoli vaziyatlarda mustaqil fikrlash, tez va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli asoslab beriladi.
neyro o‘yinlar, aqliy rivojlanish, o‘quv kompetensiyalari, raqamli ta’lim, innovatsion texnologiyalar, tanqidiy fikrlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.