Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild vative-son (2025) · 45–49-betlar
AXBOROTLI JARAYONLAR BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Muhammadiyev, Alijon, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba
DOI: 10.70413/zdit-v04-i26-p1-012 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil qilinib, zamonaviy ta’lim tizimida ushbu mavzuni samarali o‘qitish usullari ko‘rib chiqiladi. An’anaviy yondashuvlarning cheklovlari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Interfaol va innovatsion metodlar, jumladan, “Gamifikatsiya”, “Jamoaviy kod yozish”, “Simulyatsion ta’lim”, “Teskari dars” hamda “Ma’lumotlar detektivi” kabi usullar tavsiya etiladi. Ushbu metodlar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, axborot oqimlarini to‘g‘ri tahlil qilish, media savodxonlik va axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning axborot bilan ishlash qobiliyatini oshirishda mustaqil izlanish, loyiha asosida o‘qitish va muammoli ta’lim usullarining ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali axborotli jarayonlar bo‘limini o‘qitish samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.
Axborotli jarayonlar, interfaol metodlar, innovatsion ta’lim, gamifikatsiya, teskari dars, simulyatsion ta’lim, media savodxonlik, axborot xavfsizligi, tanqidiy fikrlash, muammoli ta’lim, raqamli texnologiyalar, mustaqil izlanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.